Makron Hormuzda xavfsizlikni ta’minlashga tayyorligini aytdi

Olam

image

Parij Hormuz bo‘g‘ozida kemalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlashda yordam berishga tayyor. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron eronlik hamkasbi Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali bo‘lgan muloqoti chog‘ida ma’lum qildi. 

Fransiya yetakchisi suhbat tafsilotlarini o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida keltirib o‘tgan. Makron Pezeshkiyonni Pokiston poytaxti Islomobodda boshlangan muzokaralar taqdim etayotgan imkoniyatdan foydalanishga chaqirgan. Bu, uning fikricha, vaziyatni barqaror yumshatish (deeskalatsiya) va barcha jalb qilingan davlatlar uchun mintaqada ishonchli xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaydigan kelishuvga yo‘l ochadi.

“Men Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi erkinligi va xavfsizligini tezroq tiklash zarurligini ta’kidladim, Fransiya bu jarayonda ko‘maklashishga tayyor”, deydi Fransiya Prezidenti.

Bundan tashqari, fransuz yetakchisi o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga, jumladan, Livanda ham to‘liq amal qilish muhimligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Hormuz bo‘g‘ozini ochish sharti bilan Eron aktivlarini blokdan chiqarishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Mas'ud Pezeshkiyon Hormuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing