Makron iste’fo bergan bosh vazirni lavozimiga qayta tayinladi

Olam

image

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Fransiya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqqan Sebasten Lekornyu kecha, 10 oktyabr kuni kechqurun Prezident Emmanuel Makron tomonidan ushbu lavozimga qayta tayinlandi. Bu haqda Yelisey saroyi xabar berdi.


“Men o‘z burchimni his qilgan holda, Respublika Prezidenti menga yuklatgan vazifani qabul qilaman: Fransiya yil oxirigacha byudjet qabul qilishi va vatandoshlarimizning kundalik muammolariga javob berish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishim lozim”, deb yozdi Lekornyu Bosh vazir lavozimiga qayta tayinlanganidan so‘ng X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, fransuzlarni g‘azablantiradigan siyosiy inqirozni va Fransiyaning obro‘si hamda manfaatlariga putur yetkazadigan beqarorlikni tugatish kerak.

Shunday qilib Makron so‘nggi ikki yil ichida 6-marta yangi Bosh vazir tayinlashga majbur bo‘ldi. 2024 yil yanvarda Elizabet Born bosh vazir lavozimidan ketgach, hukumat rahbari bo‘lgan Gabriel Attal shu yili iyul oyida iste’foga chiqdi. 2024 yil sentyabr-dekabr oylarida Mishel Barne Fransiya bosh vaziri bo‘ldi. Dekabrda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron markazchi “Demokratik harakat” (MoDem) partiyasi yetakchisi Fransua Bayruni mamlakat Bosh vaziri lavozimiga tayinladi. O‘tgan oyda Lekornyu hukumati ishonchsizlik votumi bilan yuzma-yuz kelgan Fransua Bayrudan so‘ng bosh vazir lavozimini egallagandi. Biroq u ham uzoqqa bormadi va 27 kun o‘tib, iste’foga chiqdi.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Sebasten Lekornyu Fransiyaning sobiq mudofaa vaziri va Emmanuel Makronning ittifoqchisi hisoblanadi. U birinchi marta joriy yil 9 sentyabr kuni bosh vazir etib tayinlangan. Lekornyu Makron so‘nggi ikki yil ichida tasdiqlagan hukumatning beshinchi rahbari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

iste'fo Makron lavozim bosh vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing