Malida to‘y o‘tayotgan joyga dron quladi. 10 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
18 may 2118 2 daqiqa
Kecha, 17 may kuni Mali armiyasi “Al-Qoida”ga aloqador JNIM terroristik guruhiga qarshi dron hujumlari uyushtirdi. Dronlar San mintaqasidagi qabilalardan birining to‘y ziyofati o‘tayotgan joyga borib tushdi va oqibatda 10 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Hujumlar sodir bo‘lgan Tene qishlog‘ida yashovchi guvohlardan biri 10 nafar inson halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
“Qishlog‘imizga kelib tushgan dronlar 10 nafar farzandimizni halok qildi. Qishloqdagi quvonchli daqiqalar ulkan qayg‘uga aylanib ketdi,” deydi guvoh.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar bir-birining ortidan kelayotgan mototsikllardan iborat to‘y kortejining haydovchilari va o‘smirlar bo‘lgan. Mahalliy hukumat ham xarbiy operatsiya vaqtida 10 nafar tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqlagan.
“Afsuski terrorchilarga uyshtirilgan dron hujumlari oqibatida tinch aholidan 10 kishi halok bo‘ldi. Hukumat baxtsiz hodisada halok bo‘lgan qishloq aholisiga va ularning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi. Bu mamlakatimiz uchun haqiqiy motam vaqti,” deyiladi mahalliy hukumatning rasmiy bayonotida.
Qayd etish joiz, hukumat dron hujumlarini uyushtirgan JNIM terroristik guruhi mamlakat xavfsizlik kuchlari va tinch aholiga qarshi bir nechta qurolli hujumlarni amalga oshirib kelmoqda. Hukumat qurolli jangarilarni qo‘lga olish uchun mamlakat Mudofaa kuchlaridan maxsus otryadlar tuzilishi va xarbiy operatsiyalar amalga oshirilishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JNIM terroristik guruhi jangarilarining qishloqlardan biriga uyushtirgan qurolli hujumi oqibatida 30 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi