Mane Afrika kubogida boshqa ishtirok etmasligini e’lon qildi
Sport
−
19 yanvar 1161 2 daqiqa
Senegal terma jamoasi sardori Sadio Mane Afrika Millatlar Kubogi turnirida milliy jamoa bilan birga boshqa ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda sportchi RMC Sport’ga bergan intervyusida gapirdi.
“Bu mening so‘nggi Afrika Millatlar Kubogimmi? Ha, men bu haqda avval ham aytganman, hozir yana takrorlayman. Afrika Millatlar Kubogidagi davrim yakunlandi. Agar irodam yetsa, shu yerda to‘xtayman. Jamoada avlodlar almashinuvi ta’minlangan, yigitlar bu bosqichga tayyor deb o‘ylayman. Endi men ularni tribunadan qo‘llab-quvvatlaydigan 12-futbolchi bo‘laman”, deydi Mane.
Kecha, 18 yanvar kuni Turnir finali qo‘shimcha vaqtda Pape Geyening goli evaziga Senegal Marokash terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning asosiy vaqitga qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada bosh hakam Senegal darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu qarordan so‘ng senegallik futbolchilarning aksariyati norozi bo‘lib, maydonni tark etdi. Biroq jamoa sardori Sadio Mane ularni tinchlantirib, o‘yinni davom ettirishga ko‘ndirdi.
90+24-daqiqada Marokash yarim himoyachisi Braim Dias penaltidan unumli foydalana olmadi.
Qo‘shimcha vaqtda esa Senegal hal qiluvchi golni urdi. 94-daqiqada yarim himoyachi Pape Gueye aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Ma’lumot uchun, Senegal terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta Afrika Millatlar Kubogi g‘olibi bo‘ldi (2021, 2025). Marokash esa musobaqada bir marta – 1976 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi