Marokash JCH tarixidagi noyob rekordni o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 14 iyun kuni Marokash terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvida Braziliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bahsda marokashliklar o‘ziga xos tarixiy natijani qayd etdi. Terma jamoa Jahon chempionatlari tarixida ilk bor asosiy tarkibi to‘liq mamlakat tashqarisida tug‘ilgan futbolchilardan iborat bo‘lgan holda maydonga tushdi.

“Atlas sherlari” safida Ismail Saybari gol urgan bo‘lsa, braziliyaliklar tarkibida Vinisius Junior javob to‘pini kiritdi.

Ushbu bahs Marokash uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Jamoaning Jahon chempionatlari tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan barcha 11 nafar futbolchisi mamlakat tashqarisida tug‘ilgan ilk terma jamoaga aylandi.

Marokashning boshlang‘ich tarkibidan o‘rin olgan futbolchilar quyidagi davlatlarda tavallud topgan: Yassin Bunu (Monreal, Kanada), Nussair Mazraui (Leyderdorp, Niderlandiya), Issa Diop (Tuluza, Fransiya), Shadi Riad (Palma, Ispaniya), Ashraf Hakimi (Madrid, Ispaniya), Nil El-Aynaui (Nansi, Fransiya), Ayub Buaddi (Senlis, Fransiya), Hamseddin Talbi (Sambrevil, Belgiya), Bilal El-Hannus (Molenbek, Belgiya), Samir El-Murabeh (Strasburg, Fransiya) hamda Ismail Saybari (Terrassa, Ispaniya).

Shu tariqa, Marokash mundiallar tarixida mamlakat hududidan tashqarida tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan to‘liq boshlang‘ich tarkib bilan maydonga tushgan birinchi terma jamoa sifatida qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Braziliya Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing