Marokashdagi suv toshqinlari qurbonlari 37 nafarga yetdi

Olam

image

Marokashning g‘arbiy qismida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlarning soni 37 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib, “TanjaNews” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hozirda 14 kishi tibbiy yordam olmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Qayd etish joiz, suv toshqinlari kecha, 14 dekabr kuni kuchli yomg‘irlar sabab Safi qirg‘oqbo‘yi provinsiyasida boshlangan. Kamida 70 ta uy va do‘konni suv bosgan, bir nechta yo‘llarga zarar yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azoda sodir bo‘lgan 72 soatlik kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshqinlari sodir bo‘lgani, oqibatda 14 kishi, jumladan, uch bola vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Marokash suv toshqinlari Safi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing