Marseloning o‘g‘li “Real” bilan professional shartnoma imzoladi

Sport

image

“Real Madrid” jamoasining sobiq himoyachisi Marseloning 16 yoshli o‘g‘li Enso Alves klub bilan o‘zining ilk professional shartnomasini imzoladi. Bu haqda “yahoo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan, biroq Enso “qirollik klubi” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgani sababli kelishuv uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lishi kutilmoqda.

Yosh bo‘lishiga qaramay, Enso Alves hozirda “Real Madrid”ning U-18 jamoasi safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u uchta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, Ensoning otasi Marselo 2007-2022 yillar davomida “Real Madrid” klubi sharafini himoya qilgan. U klub safida jami 546 ta o‘yinda ishtirok etib, 38 ta gol va 104 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Hozirda “Real Madrid” Ispaniya La Ligasi 21-turidan so‘ng  51 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam “Barselona”dan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Marselo Real Madrid shartnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing