Matiz ZILga to‘qnashib, majaqlanib ketdi. 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 23 noyabr kuni Jizzaxda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Matiz ZIL bilan to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 08:10 lar atrofida Jizzax shahar Amir Temur MFY hududidan o‘tuvchi D-050 “Jizzax-G‘allaorol” avtomobil yo‘lining 34 kilometrida sodir bo‘lgan. Baxmal tumanidan bo‘lgan 27 yoshli haydovchi Matiz rusumli transport vositasini “Jizzax-G‘allaorol” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan vaqtda o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi 33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi ZIL-130 rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi va avtomashinada bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Jizzax viloyatida codir bo‘lgan dahshatli yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi vafot etgandi. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidan bo‘lgan 22 yoshli haydovchi ISUZU yuk avtomashinasida gaz quyish shoxobchasidan chiqayotgan vaqtida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidan bo‘lgan 23 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax Matiz yo'l-transport hodisasi ZIL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing