Meksikada poyezd relsdan chiqib ketdi. 13 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Meksikaning Oaxaka shtati janubida poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 98 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 28 dekabr kuni Nizanda shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Avariya paytida poyezdda jami 250 kishi, to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi va 241 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Meksika harbiy-dengiz flotiga ko‘ra, yo‘lovchilarning 139 nafariga tibbiy yordam talab etilmagan.

Jarohat olganlar orasida 36 nafar kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish uchun voqea joyiga yuqori lavozimli amaldorlar yuborilganini ma’lum qildi.

Oaxaka shtati gubernatori Salomon Xara Krus halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi hamda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida shtat hokimiyati federal idoralar bilan hamkorlikda ish olib borayotganini aytdi.

Meksika Bosh prokuraturasi mazkur hodisa yuzasidan tergov boshladi. Bosh prokuror Ernestina Godoy Ramosning bildirishicha, hozirda poyezdning relsdan chiqib ketish sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda poyezd fillar galasini bosib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Meksika Avariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing