Messi “Barselona”ga yangi lavozimda qaytishi mumkin
Sport
−
27 dekabr 4064 1 daqiqa
Lionel Messi kelajakda “Barselona”ga yangi lavozimda qaytishi mumkin. Kataloniya klubi argentinalik yulduzni futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiylik yoki boshqa sport boshqaruvi lavozimlaridan biriga jalb etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Messi “Barselona” safida 2003–2021 yillar davomida faoliyat olib borgan va klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 778 ta o‘yinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan hamda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida 10 ta La Liga chempionligi va 4 ta Chempionlar Ligasi g‘alabasi kubogi ham bor.
Hozirda Lionel Messi MLS'da “Inter Mayami” klubi safida to‘p surmoqda va jamoa bilan 2028 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messining singlisi Mariya Sol Messi AQSHning Mayami shahrida yo‘l-transport hodisasiga uchradi.