Mirzamatovning o‘rniga boshqa bir o‘zbek jangchisi chempionlik uchun kurashadi

Sport

image

Avtohalokatga uchragani sabab chempionlik jangida qatnasha olmaydigan Shohasan Mirzamatov o‘rniga boshqa bir o‘zbekistonlik jangchi Georgiy Kichiginga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda “Octagon” liga matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, endilikda yarim o‘rta vazn toifasi chempionligi uchun qozog‘istonlik Georgiy Kichigin va o‘zbekistonlik Saidotaxon Nuriddinov oktagonga ko‘tariladi. Jang 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, Nuriddinov so‘nggi 5 ta jangini g‘alaba bilan yakunlab kelmoqda. U oxirgi jangini 2024 yilning 24 noyabr kuni Mohir Aliyevga qarshi o‘tkazgan va nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Kichigin esa oxirgi jangida Hamzat Chapanovni bo‘g‘ish uslubi orqali mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Mirzamatov avtohalokatga uchragani va chempionlik jangida qatnashmasligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohasan Mirzamatov Octagon Georgiy Kichigin Saidotaxon Nuriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing