Mirziyoyev “Gazprom neft” rahbarini qabul qildi
Jamiyat
−
08 iyul 6138 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 iyul kuni "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Dyukov joriy yil 13 may kuni ham “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgandi.
Live
Barchasi