Mirziyoyev Putin bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 8 may kuni Moskvada O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

"O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi", deyiladi xabarda.

Kremlda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi alohida uchrashuv aks etgan videotasvirda  Putin O‘zbekistondan meva va sabzavotlar kutayotganini aytgan.

"Bahor, yaqinda yoz. O‘zbekistondan meva va sabzavotlar kutyapmiz", degan u. 

Mirziyoyev esa bu iltimosni qo‘llab-quvvatlab, Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonga tashrifi davomida janubiy viloyatlardagi hosildorlikni ko‘rib hayratda qolganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing