Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sudning sudyasi lavozimiga qayta saylandi
Jamiyat
−
10:41 1992 1 daqiqa
Kecha, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylandi. Bu haqda Senatning rasmiy saytida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, tegishli qarorga asosan Abdusalomov Mirzo-Ulug‘bek Elchiyevich o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylangan.
Ma’lumot uchun, u 1952 yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli – Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist. 1995-2004 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi, 2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi bo‘lib ishlagan. 2005 yilning 7 mayidan 2021 yilning 5 fevraliga qadar Markaziy saylov komissiyasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Abdusalomov hozirgi lavozimida 2021 yil 5 fevraldan buyon ishlab kelayotgandi.
Live
Barchasi