Moskvadagi temir yo‘lda portlash: qurbonlar bor (video)
Olam
−
24 fevral 9094 1 daqiqa
Bugun, 24 fevralga o‘tar kechasi Rossiyaning Moskva shahridagi Savelovsk vokzal maydonida portlash sodir bo‘ldi. Fojiali hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi esa jarohat oldi. Bu haqda “Astra” nashri yozdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa taxminan 00:05 atrofida yuz bergan. Portlashni sodir etgan shaxs YHXB xodimlari oldiga yaqinlashgan va shundan so‘ng noma’lum jism portlab ketgan.
Xizmat avtomobili yonida sodir bo‘lgan portlash oqibatda 34 yoshli yo‘l-patrul xizmati katta inspektori, leytenant D.B halok bo‘lgan, yana ikki nafar xodim turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan. Portlash oqibatida xizmat avtomobilining oynasi singan, salon va boshqa qismlari shikastlangan.
Avvaliga gumonlanuvchi qochib ketgani aytilgan, ammo kuzatuv kameralari yozuvlari va hodisa joyini ko‘zdan kechirish natijasida tergovchilar portlashni sodir etgan shaxsning o‘zi ham voqea joyida halok bo‘lgan, degan xulosaga kelgan.
Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 317-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi hayotiga tajovuz) va 222.1-modda (portlovchi qurilmalarni noqonuniy ishlatish) moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Karachi shahridagi uch qavatli turarjoy binosida kuchli portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi