Mourino “Real”ga qaytish uchun 10 ta shart qo‘ydi
Sport
−
07 may 2371 2 daqiqa
“Benfika” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino “Real Madrid”ga qaytish masalasida klub rahbariyati oldiga o‘nta talab qo‘ydi. Bu haqda “ESdiario” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Florentino Peres va Mourinoning agenti videomuloqot o‘tkazgan. Biroq portugaliyalik mutaxassis faqat barcha shartlari bajarilgan taqdirdagina jamoani boshqarishga rozi bo‘lishini bildirgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Mourino faqat ikki yillik shartnoma imzolashga tayyor. Shuningdek, u jamoa tarkibi ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritishni istamoqda. Murabbiyning rejalarida yetti nafar futbolchi, jumladan David Alaba, Dani Karvaxal va Fran Gonsales o‘rin olmagan.
Mourino “Real Madrid”ga o‘z murabbiylar shtabi bilan qaytishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, u klubning amaldagi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bilan ishlashga ham tayyor. Portugaliyalik mutaxassis jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintusning klubda qolishini muhim deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, Mourino asosiy jamoa ishlari bo‘yicha matbuot bilan aloqalarni shaxsan nazorat qilishni, futbolchilarning tibbiy holati bo‘yicha ikkinchi tibbiy xulosa olish imkoniyatini va klubning AQSH hamda Osiyo bo‘ylab yozgi tijoriy safarlarini bekor qilishni talab qilmoqda.
Shuningdek, u klubdagi faoliyati davomida Florentino Peres yagona aloqa shaxsi bo‘lishini istagan.
Ma’lumot uchun, 63 yoshli Joze Mourino avvalroq “Real Madrid”ni 2010-2013 yillar oralig‘ida boshqargan. Uning qo‘l ostida madridliklar Ispaniya chempionligi, Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi