Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Olam

image

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 7 may kuni Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tgan. Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Amartuvshin Gombosuren boshchilik qildi.

“Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga, shuningdek, Mo‘g‘uliston Prezidentining joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifiga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholagan.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlangan.

“Madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi TIV bayonotida.

Ma’lumot uchun, Uxnaagiyn Xurelsux 2021 yilning iyun oyidan beri Mo‘g‘uliston Prezidenti sanaladi. U 2022 yilning sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan. Shuningdek, O‘zbekiston va  Mo‘g‘uliston Prezidentlari o‘tgan yilning 1 dekabr kuni BAAda uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Mo'g'uliston Uxnaagiyn Xurelsux

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made