Muzokaralar yakunlanmasdan Rossiya Kiyev va Xarkovga hujum qildi (video)

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar davom etayotgan bir pallada, bugun, 24 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga yana bir yirik raketa va dron hujumini uyushtirdi. Hujumning asosiy nishoni Kiyev bo‘lib, u yerda muhim infratuzilma ob’ektlariga zarba berildi. Bu haqda “Glavred” xabar berdi.

Qayd etilishicha, dron parchalarining qulashi oqibatida Kiyevning beshta tumani zararlangan. Kamida bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohat olgan, ba’zi joylarda yong‘in chiqqan, ammo jiddiy zararlar haqida xabar berilmagan.

Xarkovda ham deyarli ikki yarim soat davomida dron hujumi kuzatilgan. Shaharda kamida 25 ta dron uchirilgan. Nishonga ko‘p qavatli binolar, xususiy uylar, mahalliy shifoxona, tug‘uruqxona va ichki ko‘chirilganlar yashaydigan yotoqxona olingan. Hujumlarda 14 kishi, jumladan, homilador ayol va bola jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat yanvar oyida Rossiya Ukrainaga kamida uchta yirik hujum uyushtirgan, oqibatda turar-joy binolari, elektr energiyasi va suv ta’minotida keng ko‘lamli muammolar yuzaga kelgan. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumlarni tan oladi, ammo ularning maqsadi Ukraina harbiy-sanoat kompleksini buzish ekanligini iddao qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina, Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kiev Abu-Dabi Xarkov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing