MYU Bellingem uchun 50 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi qishki transfer oynasida Job Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Borussiya Dortmund” jamoasi yarim himoyachisi uchun ingliz klubi 50 million yevro atrofida taklif tayyorlamoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

20 yoshli britaniyalik futbolchi 2025 yilning iyunida “Sanderlend”dan 33 million yevro evaziga Dortmundga o‘tgan edi. Biroq u Germaniyada hali to‘liq o‘z o‘rnini topa olmadi. Bellingem joriy mavsumda Bundesligada atigi ikki o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shunga qaramay, klub uni kelajak uchun muhim futbolchi deb hisoblaydi.  

“Manchester Yunayted” esa yarim himoya chizig‘ini yosh va istiqbolli futbolchi bilan mustahkamlashni rejalashtirgan. Bellingemning o‘zi esa hali qaror qabul qilmagan, biroq Chempionlar ligasida qatnashmayotgan klub taklifiga rad javob berish ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, Job Bellingem “Real Madrid” yulduzi Jud Bellingemning ukasi hisoblanadi. U ham akasi kabi katta futbolda jismoniy kuchi va salohiyati bilan e’tiborni tortmoqda. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, bu transfer Job uchun faoliyatidagi muhim burilish bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” “Borussiya Dortmund” Job Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing