Nyu-Yorkdagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
12 mart 5141 1 daqiqa
Joriy yilning 10 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Nilufar Komilova halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi elchixonasiga tayanib, “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Nyu-York shahri Transport departamentiga qarashli yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi marhumaning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.
“Diplomatik vakolatxona Nilufar Komilovaning yaqinlari va qarindoshlariga og‘ir yo‘qotish munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham AQSHning Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 yoshli o‘zbekistonlik Amira Aminova halok bo‘lgan edi. Qiz chorrahani piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotganida o‘ng tomonga burilayotgan maktab avtobusi urib yuborgandi.
Live
Barchasi