Namanganda tarixiy qabrlar uy-joy qurish uchun buzib yuborildi
3-sahifa
−
24 aprel
5712Namangan viloyatining Yangi Namangan tumani Go‘zal mahallasida joylashgan “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligining 0,17 ga yer maydonida fuqaro A.Q. tomonidan uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlar buzib yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qadimiy ob’ektga juda ko‘p miqdorda 6,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid yodgorlik molxona qurish uchun buzib yuborilgani aniqlangandi. Toshkent shahridagi esa XVI asrga oid arxitektura yodgorligi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilgani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi