Namanganda 3,7 magnitudali zilzila bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 5 may kuni Namangan viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 13:16 da  3,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Kosonsoy tumanida bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 71,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 14 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 194 km janubiy-sharqda joylashgan.

Zilzila kuchi quyidagi hududlarda sezilgan:

  • Kosonsoy tumanida 3 ball,
  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball,
  • Chortoq tumanida 2 ball,
  • Namangan shahrida 2 ball,
  • To‘raqo‘rg‘on tumanida 2 ball.

Maqola muallifi

Teglar

Namangan zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made