Namanganda maktab o‘quvchisi mashinada ikki talabani urib yubordi. Qurbon bor (video)

3-sahifa

image

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 20 aprel kuni soat 18:40 larda sodir bo‘lgan. Yangi Namangan tumanidagi maktabning 11-sinfida o‘qiydigan 17 yoshli yigit tog‘asining Lacetti rusumli avtomobilida harakatlanib ketayotganda, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan maktab o‘quvchisi yo‘lning chap tomonida turgan ikki nafar talabani urib yuborgan. Ular Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidan bo‘lib, Namangan muhandislik-qurilish institutida tahsil olgan.

Jabrlanuvchilardan biri shifoxonada vafot etgan, ikkinchisi esa yengil jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni  Qo‘qon shahrida 2006 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.A. o‘z boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasi bilan piyodalar yo‘lagini kesib o‘tayotgan 24 yoshli fuqaro B.M.ni urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH talaba Namangan o'quvchi Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made