Namanganda yerosti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etildi

Jamiyat

image

Namangan viloyatining Namangan shahrida yerosti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Mazkur majmua Namangan shahri “Obi hayot” mahallasining 24/7 tartibida ishlash uchun qayta qurilayotgan ko‘chasiga joylashtirilgan.

Bu yerda har biri 500 kilogramm sig‘imga ega 6 ta chiqindi konteynerlarini yer ostiga o‘rnatiladi. Hozirda qurilmalarning uchtasi tayyor bo‘lgan. Yerosti chiqindi saqlash majmuasi 3 tonnagacha chiqindini jamlash imkoniyatiga ega. Yirik hajmdagi qutilar to‘lishi bilan maxsus qurilma avtomatik tarzda signal yuboradi va chiqindilar maxsus mashinada belgilangan poligonga olib ketiladi. Qolaversa, bunday majmualarni Yangi Namangan va Davlatobod tumanlariga ham o‘rnatish rejalashtirilgan.

“Bu kabi chora-tadbirlardan maqsad aholidan to‘planadigan maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketmasligi, issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olish va fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratishdan iboratdir”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Samarqand viloyatining Samarqand shahrida yerosti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi ishga tushirilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Yangi Namangan er osti chiqindi saqlash majmuasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing