Navoiyda brakonerlar ekologiya inspektoriga kuch ishlatdi (video)
3-sahifa
−
01 dekabr 4913 1 daqiqa
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ov qurollari bilan qurollangan bir guruh brakonerlar viloyat ekologiya boshqarmasi tezkor guruhi xodimi I. Xo‘jayevga kuch ishlatgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherboyev xabar berdi.
Qayd etilishicha, noqonuniy ov bilan shug‘ullangan brakonerlar ekologiya inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan holda, o‘zlariga yordam uchun Buxoro viloyatidan “ko‘cha mafiyasi”dan iborat guruh chaqirib, ular yordamida qochib ketishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada hokim o‘rinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgandi.
Live
Barchasi