Navoiyda yirik jinoiy guruh faoliyati fosh etildi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Navoiy shahrida giyohvand moddalarni sotish bilan shug‘ullanuvchi yirik jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy shahar hududi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2000 yilda tug‘ilgan yigit 2 grammga yaqin gashish giyohvandlik moddasini 600 ming so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Tezkor qidiruv tadbiri davom ettirilganda mazkur giyohvandlik moddani u 26 va 27 yoshli navoiylik shaxslardan olganligi ma’lum bo‘lgan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida mazkur 2 yigit yonida 8 ta ampulada giyohvandlik moyi va 10 dona falga qog‘ozi hamda 6 gramm gashish giyohvandlik moddalari bilan birga qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ular Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi bot orqali ta’minotchi sifatida xizmat olib borgan. Vazifasi esa, shahar hududida giyohvandlik moddalarini mijoz bilan uchrashmagan holda egalariga yetkazish bo‘lgan.

Narkokurer jinoiy guruhining 2000 yilda tug‘ilgan a’zosi joriy yilning 4 yanvar kuni maxsus Telegram bot orqali guruhga qo‘shilgan. U maxsus onlayn darslarda malaka orttirib, bot rahbarining yo‘l-yo‘rig‘i bilan o‘zining yashash xonadonida giyohvandlik moddalarini qo‘lbola usulida tayyorlab kelgan.

Tadbir davomida ular tomonidan viloyat hududidagi giyohvandlik moddalari joylashtirilgan lokatsiya manzillari aniqlanib, u yerda ikkita ampulada gashish moyi qoldirib ketilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan tezkor qidiruv tadbirlari ularning yashash xonadonlarida davom ettirilganda, 34 dona izotasmalar bilan qadoqlangan gashish jami: 1 kg 477 gramm gashish hosilalari hamda qo‘lbola usulda tayyorlash va qadoqlash uchun ishlatiladigan buyumlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Jinoiy guruh shu kunga qadar 1000 dan ortiq manzillarga giyohvand moddalarini joylashtirgan bo‘lib, kelgusida yana 1 milliard 220  mln so‘mlik, ya’ni 2 kg 500 gramm gashish moddasini belgilangan manzillarga yetkazib berishni reja qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–fevral oylarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida o‘tkazilgan 6025 ta maxsus tezkor tadbir davomida 45 ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy jinoiy guruh giyohvandlik moddalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing