Nazarboyev kimga ovoz berdi?

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 9 iyun kuni Qozog‘istonda Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yil mart oyida kutilmaganda vazifasidan iste’fo bergan sobiq Prezident, ayni vaqtdagi Elboshi Nursulton Nazarboyev ham saylovda ovoz berdi.

Nazarboyev o‘z nomi bilan atalgan Nur-Sulton shahridagi 58-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi va ovoz berdi. 

Nazarboyev ovoz berishga oila a’zolari bilan emas, yakka tashrif buyurgani aytilmoqda. 

Qozog‘iston bo‘ylab 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari tashkil etilgan. Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, saylovlarda 11 947 995 kishi qatnashadi. Soat 14:00 ga qadar saylovchilarning 51,8 foizi ovoz berishga ulgirdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev Prezident saylovi

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing