Nepalda 277 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyotda yong‘in chiqdi (video)

Olam

image

Bugun, 11 may kuni Nepal poytaxti Katmandu shahrida joylashgan Tribxuvan xalqaro aeroportida Turkish Airlines’ga tegishli Airbus A330 samolyotida texnik nosozlik yuz berdi. Hodisa samolyot qo‘ngandan so‘ng taksi yo‘lagida harakatlanayotgan paytda sodir bo‘lgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nepal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga ko‘ra, samolyotning orqa o‘ng shinasida yong‘in chiqqan va oqibatda tutun paydo bo‘lgan. Yong‘in tezda o‘chirilgan, samolyot esa xavfsizlik nuqtai nazaridan maxsus texnik hududga tortib olib borilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 277 yo‘lovchi va 11 nafar ekipaj a’zosi favqulodda chiqish eshiklari orqali evakuatsiya qilingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Turkish Airlines vakili Yahyo Ustunning ma’lum qilishicha, dastlabki tekshiruvlar tutun gidravlik tizimdagi texnik nosozlik sababli yuzaga kelganini ko‘rsatgan. Hozirda mutaxassislar samolyotda to‘liq texnik tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Hodisa sababli Tribxuvan xalqaro aeroporti faoliyati taxminan bir soatga vaqtincha to‘xtatilgan, keyinchalik esa qayta tiklangan. Aviakompaniya yo‘lovchilarni qaytarish uchun qo‘shimcha reys tashkil etilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida odamni urib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan edi.

Mohina Qudratillayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in samolyot Nepal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing