Netanyaxu tirik. U xavfsizlik bo‘yicha yopiq uchrashuv o‘tkazdi (video)
Olam
−
02 mart 8480 1 daqiqa
Bugun, 2 mart kuni Eron tomonidan Isroil hududidagi hukumat ob’ektlariga uyushtirilgan navbatdagi raketa hujumlaridan so‘ng halok bo‘lgani aytilayotgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ommaga ko‘rinish berdi. Bu haqda “The Jerusalim Post” xabar berdi.
Netanyaxu sobiq bosh vazir Naftali Bennet va muxolifat yetakchisi Yair Lapid bilan birga Bayt-Shemesh shahrida Isroil-AQSH qo‘shma operatsiyasi yuzasidan xavfsizlik bo‘yicha yopiq uchrashuv o‘tkazdi. Ular Eronga qarshi olib borilayotgan operatsiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Bosh vazir jurnalistlarga bergan intervyusida operatsiya qat’iy davom etishini ta’kidlagan. Uning aytishicha, bu kurash nafaqat Isroil, balki butun insoniyat uchun ahamiyatga ega. Shuningdek, u Eron xalqini zulmdan xalos bo‘lish kuni yaqinlashayotganini aytgan.
“Eron xalqi zulm bo‘yinturug‘ini yechib yuboradigan kun yaqinlashmoqda. Bu insoniyat uchun kurash”, degan Netanyaxu.
Naftali Bennet esa har bir harbiy harakat Eronning uzoq yillar davomida shakllangan harbiy tizimini zaiflashtirishga qaratilganini bildirgan. U Isroil fuqarolarini qat’iyatli bo‘lishga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga va birdamlikni saqlashga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron tomonidan Isroil hududidagi hukumat ob’ektlariga uyushtirilgan navbatdagi raketa hujumlaridan so‘ng Binyamin Netanyaxuning ahvoli noma’lumligicha qolayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi