Nima qilyapsizlar, ahmoqlar? – rossiyalik deputat Telegram cheklovlari haqida

Olam

image

“Adolatli Rossiya” yetakchisi Sergey Mironov mamlakatda Telegram’ga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi chiqdi. Siyosatchining bu haqdagi videosi uning Telegram-kanalida kecha, 11 fevral kuni messenjer sekinlashganining ikkinchi kunida paydo bo‘ldi.

Deputat o‘z chiqishida Telegram urushda qatnashayotganlarning yaqinlari bilan yagona aloqa vositasi ekanini aytgan.

“Telegram’ni sekinlashtirayotganlar kimlar? Oldinga chiqing, urushga boring! U yerda qon to‘kayotgan yigitlar uchun yaqinlari bilan bog‘lanishning yagona vositasi bu. Nima qilyapsizlar, ahmoqlar? Men har narsani o‘z nomi bilan aytyapman. Ahmoqlar! Siz nima qilyapsiz?!” degan u.

Shuningdek, Mironov Telegram’da urush uchun mablag‘ yig‘ilayotgani, messenjerda harbiylar yaqinlari bilan muloqot qilayotganini ta’kidlagan.

“Ha, Max – ajoyib messenjer. Lekin odamlar o‘zlari tanlov qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Men yana bir bor aytmoqchiman: buni qilayotganlar – vahshiy kishilar. Vahshiylar! Odamlar Rossiya uchun halok bo‘lmoqda. Siz nima qilyapsiz? O‘ylang! Bunday sekinlashtirish tufayli halok bo‘lgan har bir askarning o‘limi sizning javobgarligingizda bo‘ladi!” deya ogohlantirgan u. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Durov Rossiyadagi Telegram uzilishlarini tanqid qilgani xabar qilingan edi. U fuqarolarning erkinliklarini cheklash hech qachon to‘g‘ri qaror emasligini, Telegram har qanday bosimdan qat’i nazar, so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilishini aytgan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Telegram cheklovlar rossiyalik deputat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing