Nodirbek Yoqubboyev Jahon kubogini 4-o‘rinda yakunladi

Sport

image

Hindistonning Goa shtatida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev bronza medal egasi bo‘ldi.

Nodirbek Yoqubboyev rossiyalik Andrey Yesipenkoga uchinchi o‘rin uchun bahsda imkoniyatni boy berdi (0:2). Yesipenko 2026 yilda o‘tkaziladigan jahon toji uchun da’vogarlar turniriga yo‘llanma oldi. Yoqubboyev to‘rtinchi o‘rinni egallab, 50 ming AQSH dollariga ega bo‘ldi.

Ushbu turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Javohir Sindorov (O‘zbekiston) va Vey Yi (Xitoy) esa Goadagi musobaqa g‘olibligi uchun kurashmoqda. Kecha, 25 noyabr kuni tomonlar durangga imzo chekdi, g‘olib bugun, 26 noyabr kuni tay-breyk partiyalaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindorov FIDE Jahon kubogi finaliga chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon kubogi shaxmat Nodirbek Yoqubboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing