Norvegiya “Vikinglar” seriali qahramonlaridek ko‘rinish berdi

Sport

image

Norvegiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan “Vikinglar” seriali qahramonlari kabi ko‘rinish berdi. Ushbu surat terma jamoaning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

Unda futbolchilar vikinglar libosida, vikinglarga xos yelkanli va eshkakli qayiqlar suzib yurgan suv havzasi sohilida tasvirlangan.

Norvegiya terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida “I” guruhidan joy olgan bo‘lib, ushbu bosqichda Fransiya, Senegal va Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ungacha “vikinglar” joriy yilning 8 iyun kuni Marokashga qarshi o‘troqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Norvegiya 1998 yildan beri ilk bor Jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma oldi. Jamoa saralash bosqichidagi sakkizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Terma jamoa yetakchisi Erling Holand esa ushbu o‘yinlarda 16 ta gol muallifi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Norvegiya “Vikinglar”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing