Nurafshonda 8 tonna qalbaki spirtni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Nurofshon shahrida o‘z uyida 8 tonna iste’molga yaroqsiz spirt saqlab kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.X.ga 2,4 tonna spirtni 135 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 1,9 tonna spirtni 108 mln so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.A.ning Zangiota tumani, “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonidan yana 6,1 tonna spirt, 130 dona bo‘sh polietilen idishlari va idishlarga quyishda ishlatiladigan boshqa mahsulotlar topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida noqonuniy alkogol savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar aniqlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

iste'molga yaroqsiz spirt Nurofshon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing