OFK prezidenti O‘zbekistonni g‘alaba bilan tabrikladi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Xalifa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini bugungi chempionlik bilan tabrikladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

“Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritganingiz bilan sizni va O‘zbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman. O‘zbekistonning musobaqa davomida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari yurtingizda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish yo‘lida amalga oshirilgan mehnat va sa’y-harakatlaridan dalolatdir. Islom Ismoilov va butun jamoaga turnir davomida namoyish etgan yorqin o‘yinlari uchun minnatdorlik bildiraman va FIFA U-17 Jahon chempionatida ham muvaffaqiyat tilayman! O‘zbekiston futbol jamoatchiligiga esa kelgusi faoliyatida zafarlar tilayman”, deyiladi OFK prezidentining tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 aprel kuni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni tantana qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Xalifa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing