Oq uyda UFC arenasini qurish boshlandi

Sport

image
AQSH Prezidenti qarorgohi hisoblanadigan Oq uy hududida UFC turniri uchun arena qurilishi boshlandi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.

Tadbirga tayyorgarlik ishlari AQSH Prezidenti qarorgohi — Oq uyning Janubiy maysazorida olib borilmoqda. UFC turniri joriy yilning 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va AQSHning 250 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda. Shu kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ham 80 yoshni qarshi oladi.

Amerika yetakchisi Oq uyda o‘tadigan UFC turniri eng yirik tadbirlardan biri bo‘lishini ta’kidlab, atrofdagi ko‘chalarga jamoatchilik tomoshasi uchun katta ekranlar o‘rnatilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, u Vashington markazidagi ushbu jang kechasiga o‘n minglab muxlislar tashrif buyurishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, turnirning asosiy jangida UFC yengil vazn toifasi chempioni, gruziyalik kelib chiqishga ega, mag‘lubiyat nimaligini bilmaydigan ispaniyalik Iliya Topuriya o‘z chempionlik kamarini amerikalik Jastin Getjiga qarshi himoya qiladi.

Maqola muallifi

Teglar

UFC Oq uy Jastin Getji Iliya Topuriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing