Oxirgi 5 oyda necha haydovchi jarima ballari olgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning so‘nggi 5 oyida qancha haydovchi jarima ballari olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshov xabar berdi. 

Bildirilishicha, 2025 yilning 1 iyunidan 30 oktyabr sanasigacha 114 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llangan. Jumladan, haydovchilarning 114 ming 374 nafari 1 dan 5 gacha ball olgan. Shuningdek, 6 nafar haydovchi 5-6, 2 nafar haydovchi esa 7–8 ballgacha jarima olgan.

Qayd etilishicha, yo‘l qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima ballari belgilanishi boshlanganidan beri yo‘l-transport hodisalarining umumiy soni 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan avtohalokatlar ko‘rsatkichi  31,2 foizga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning iyun-avgust oylarida 63 ming 974 haydovchi 1 ballgacha jarima ballari olgani ma’lum bo‘lgandi.

Bunyod Keldiboyev  


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston haydovchi jarima ballari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing