Oktagon turnirida janjal yuzaga keldi (video)
Sport
−
09:41 16649 1 daqiqa
Kecha, 19 dekabr kuni Toshkentning “Humo arena” majmuasida MMA bo‘yicha Oktagon 83 turniri o‘tkazildi. Unda muxlislar o‘zbekistonlik Anvar G‘oipovning mag‘lubiyatidan so‘ng oktagonga plastik idishlar uloqtirib, tartibsizlik keltirib chiqardi.
Musobaqaning yarim yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik Anvar G‘oipov va tojikistonlik Jonibek Jabborov o‘rtasidagi jang yakunida hakamlar ochkolar hisobiga Jabborov g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Bundan norozi muxlislar esa oktagonga plastik idishlarni uloqtirib, qarordan noroziliklarini bildirdi.
Ushbu musobaqaning markaziy bahsida yarim o‘rta vazn toifasidagi taniqli aralash yakka kurash ustasi Shohasan Mirzamatov fransiyalik Levi Karrielni mag‘lubiyatga uchratdi. Bundan tashqari, yarim o‘rta vaznda toifasidagi jangda o‘zbekistonlik Bobur Abdalazizov ham qozog‘istonlik Kirill Karpekinni mag‘lub etdi. Asosiy janglarning birida ishtirok yetgan Odilxon Kamolov esa qozog‘istonlik raqibi Damir Rahimjonovga ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 dekabr kuni “Independente Medelin” va “Atletiko Nasonal” jamoalari o‘rtasidagi Kolumbiya kubogi finalida muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvda yuzaga kelishi oqibatda 59 kishi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi