Olimlar umrni 150 yilgacha uzaytiradigan dori ishlab chiqdi
Olam
−
14 noyabr 13492 2 daqiqa
Xitoylik olimlar inson umrini 150 yilgacha uzaytirishi mumkin bo‘lgan dori ishlab chiqqanini ma’lum qildi. Ularning bu haqdagi tadqiqoti “Oddity Central”da e’lon qilindi.
Tadqiqot Xitoyning Shenjen shahridagi Lonvi Biosciences startapi – biotexnologiya va uzoq umr ko‘rish bo‘yicha tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan kompaniyada o‘tkazilgan. Olimlar yoshi ulg‘aygan, bo‘linishni to‘xtatgan, ammo organizmda yallig‘lanishni davom ettiradigan zombi hujayralarni nishonga oladigan preparat ishlab chiqilganini bildirgan. Shuningdek, ushbu yangi tabletkaning inson umrini nazariy jihatdan 150 yilgacha uzaytirish imkoniyati mavjudligi aytilmoqda.
Lonvi bosh direktori Ip Chju bu ishlanmani “Muqaddas Graal” deya atab, preparatning asosiy tarkibiy qismi nafaqat umrni uzaytirishi, balki organizmga hujayra darajasida ta’sir qilib, yosh bilan bog‘liq kasalliklar xavfini ham kamaytirishi mumkinligini aytgan.
Shuningdek, kompaniyaning texnik direktori Lyu Sinxua esa “150 yilgacha yashash aniq”ligini, yaqin yillarda bunday texnologiyalar kundalik hayotning bir qismiga aylanishi ehtimolini bildirgan.
Qayd etilishicha, Lonvi ishlab chiqqan preparat C1 (PCC1) – uzum urug‘idan olingan molekulaga asoslangan. Bu modda avvalroq laboratoriya kemiruvchilarining umrini uzaytirish qobiliyatini ko‘rsatgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, PCC1’ni yegan sichqonlar o‘rtacha 9,4% ko‘proq yashagan, agar jarayon tug‘ilgan kundan boshlansa, umr davomiyligi 64,2% ga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliarderlar umrni uzaytiruvchi tabletkalar uchun katta pul tikayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi