“Olimpiya go‘zali” oltin medalni qo‘lga kiritib rekord o‘rnatdi
Sport
−
10 fevral 1517 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda “Olimpiya go‘zali” sifatida tanilgan mashhur niderlandiyalik konkida uchuvchi Yutta Lerdam 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi va Olimpiya rekordini yangiladi.
Yutta qishki Olimpiyadaning 1000 metr masofaga yugurish bahslarida g‘olib chiqdi. Olti karra jahon chempioni shu tariqa faoliyatidagi ilk Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Musobaqaning final bahsida niderlandiyalik sportchilar o‘rtasida duel kuzatildi. Musobaqaning asosiy favoritlari hisoblangan Femke Kok finalda hamyurti Yutta Lerdam bilan bahslashdi. Dastlab muzga chiqqan Femke Kok Olimpiya rekordini yangiladi. Biroq oradan atigi besh daqiqa o‘tib, startga chiqqan Lerdam hamyurtining natijasini ortda qoldirib, yangi rekord o‘rnatdi – 1:12.31.
Shu tariqa, Yutta Lerdam 1000 metr masofada bahslarda Olimpiya chempioni hamda yangi rekord sohibasiga aylandi.