Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurbonini oqladi

Jamiyat

image

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 1930-1938 yillarda sud hukmi bilan nohaq jazoga tortilgan 198 nafar shaxs oqlandi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha,  nohaq jazoga tortilganlar hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hududlarida aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar va qurolli qo‘zg‘olonlar, terrorchilik, banditizm va josuslik sodir etganlikda ayblangan.

2024 yil 6 may kuni Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida ushbu protestlar ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan. Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 11 ta jinoyat ishi bo‘yicha 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarilgan.

Oqlanganlar qatoridan O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlagan Sa’dulla Qosimov  ham joy olgan. Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi Oliy sudi jinoyat sudlov hay’atining 1930 yil 21 iyundagi hukmiga ko‘ra, Sa’dulla Qosimovning mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga hukm qilingan. Mazkur ish doirasida o‘sha vaqtda Qosimov bilan birga yana 6 kishi O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qoraqalpog'iston Oliy sud SSR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made