Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangi lavozimga saylandi
Sport
−
19 aprel 12047 1 daqiqa
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisligiga saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kecha, 18 aprel kuni Sport vazirligi majlislar zalida o‘tkazilgan navbatdan tashqari konferensiyada O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining faoliyati ko‘rib chiqildi. Konferensiya davomida bildirilgan taklif va fikrlar asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi rahbarligiga saylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, QALAMPIR.UZ jurnalisti Qo‘ng‘irotboy Sharipovni metroda uchratib qolib, vazirdan intervyu olgandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr