Olmaotada narkotik yetishtirilayotgan issiqxona aniqlandi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota viloyatida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklarni noqonuniy yetishtirish bilan shug‘ullangan 3 nafar bog‘bonni qo‘lga oldi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus operatsiya davomida uch kishi qo‘lga olingan. Olib borilgan tintuv ishlari natijasida ushbu shaxslar ijaraga olgan uy-joy hududida kanop yetishtirish uchun jihozlangan 10 sotixlik issiqxona tashkillashtirgani aniqlangan. Umumiy og‘irligi 900 kilogrammni tashkil etgan giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilarga hali yetib bormasdan, ularni yetishtirayotganlar faoliyatiga chek qo‘yilgan. Gumonlanuvchilar IIB hodimlari tomonidan ushlanib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

“2025 yil boshidan buyon ikki tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari, jumladan, 120 kilogramm sintetik giyohvandlik vositalari, 600 gramm kokain va 140 kilogrammdan ortiq gashish musodara qilindi. Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha ishlar davom etmoqda”, deydi Qozog‘iston Resublikasi Giyohvandlik jinoyatlariga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Quandiq Aljanov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatning Oltiariq tumani “Jonibek” MFYda yashovchi 38 yoshli fuqaro O.I.I. fermer xo‘jaligiga tegishli yerdan 1405 tup nasha giyohvandlik o‘simligini parvarishlayotgani aniqlangan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Olmaota narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing