Olmazorda bir necha kun elektrda uzilishlar bo‘ladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19-23 dekabr kunlari Toshkent shahri Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida zarur holatlarda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli “Sag‘bon” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida yangi o‘rnatilgan 110–35–10 kVli elektr qurilmalarini ishga tushirish, sinov-sozlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida vaqti-vaqti bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Xususan, “Ahil”, “Bo‘stonobod”, “G‘alaba”, “Gulsaroy”, “Islom ota”, “Istiqbol”, “Moyariq”, “Oltinsoy”, “Paxta”, “Qichqiriq”, “Tabassum”, “Tepaguzar”, “Umid”, “Yangi Toshkent”, “Yoshlik” hamda “Elparvar” MFYning ayrim hududlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Shu bilan birga, ta’mirlash va sinov-sozlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlanishi ham ehtimol ekani qayd etildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur ishlar tufayli elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik uzilishlar sababli aholi va iste’molchilardan yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatidagi 1500  MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasida nosozlik kuzatilgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Olmazor ta'mirlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing