Opra Uinfrining portreti Milliy galereyaga qo‘yildi

Madaniyat-san’at

image

Dunyoga mashhur jurnalist Opra Uinfrining portreti Milliy galereyada namoyish etildi. Bu haqda “Washington Times” nashri xabar berdi.

Surat chikagolik rassom Shon Maykl Uorren tomonidan chizilgan. Portretda jurnalist binafsha rang libosda, zaytun daraxtining novdasini ushlab turgan holda tasvirlangan. Orqa fonda esa uning Kaliforniyadagi bog‘i aks etgan.

Opra galereyada pardani tushirgan vaqti o‘zining suratini birinchi marta ko‘rdi. U binafsha rangni tanlaganini karerasining shu rang sabab boshlangani bilan izohlagan.

“Men binafsha rangli kiyim kiyishni tanladim. Chunki bu rang hayotimda muhim rol o‘ynadi”, deydi Uinfri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Stiven Spilbergning 1985 yilda suratga olingan “Binafsha rang” filmidagi roli uning kelajagi uchun poydevor bo‘lib xizmat qilgan.

Ma’lumot uchun, Opra Uinfri — Amerika tarixidagi birinchi qora tanli ayol milliarder. 2021 yilda Opra Uinfrining boyligi 2,6 milliard dollarga baholangan. Bu shou-biznesdagi boshqa ayollarning boyligidan ko‘p. U shuningdek, muvaffaqiyatli media-magnat hamdir. Uning shaxsiy kinostudiyasi, Oprah.com sayti, radio tarmog‘i va kabel televideniyesi bor. Uinfri 2013 yilda Prezidentning “Ozodlik” medali bilan taqdirlangan.

Jurnalist sifatida uni “Opra Uinfri shousi” mashhur qilgan. Ushbu ko‘rsatuv teleekranlarda 25 yildan ortiq uzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq butun dunyoga super josus sifatida tanilgan aktyor Jeyms Bond faoliyatining 60 yilligi sharafiga oltin tangalar zarb etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

milliarder portret Opra Uinfri galereya media-magnat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing