“Orqamni o‘psin”. Tramp omma oldida “qora shahzoda”ni kamsitdi (video)

Olam

image

Kecha, 27 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Mayamida Saudiya Arabistoni ko‘magida tashkil etilgan Future Investment Initiative forumida mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud haqida qo‘pol fikr bildirdi. Ushbu forum Oq uy tomonidan jonli namoyish qilindi.

Trampning bildirishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon uni past baholagan va endi uning “orqasidan o‘pishga” majbur.

“U meni orqamdan o‘pishi kerak”, deydi Tramp AQSH va Saudiya Arabistoni munosabatlariga izoh berar ekan.

Uning fikricha, Podshohlik valiahd shahzodasi Trampni “mamlakati parchalanib borayotgan navbatdagi muvaffaqiyatsiz Prezident” deb hisoblab, uni yetarlicha baholamagan, endi esa shahzoda Trampga nisbatan xushmuomalaroq bo‘lishi kerak.

“U meni shunchaki navbatdagi omadsiz Amerika Prezidenti, mamlakat esa jarlikka qarab ketadi deb o‘ylagan edi. Lekin endi u menga nisbatan muloyim bo‘lishi kerak. Unga ayting, menga yaxshi muomala qilsin”, deydi Tramp o‘z nutqi davomida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron bilan urushni tugatish bo‘yicha kelishuv tuzish niyatidan xavotirda ekani, ular bunday kelishuv oqibatida mintaqada g‘azabnok va hamon qudratli raqib bilan yuzma-yuz qolishdan qo‘rqayotgani va harbiy harakatlarni davom ettirishni talab qilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp qora shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing