Oydan keyingi “bekat” Marsmi? NASA’ning Artemis missiyasi nega muhim?
Olam
−
04 aprel 2444 4 daqiqa
Joriy yilning 2 aprel kuni NASA to‘rt nafar astronavtni Oyga olib boradigan Artemis II missiyasini uchirdi. Yerning eng yaqin qo‘shnisi – Oy atrofida amalga oshiriladigan bu sayohat bilan kelajakda Oyga qo‘nish va natijada u yerda baza barpo etish maqsad qilinmoqda.
NASA’ning Artemis dasturi yillar davomida olib borilgan ishlar uchun bugungacha taxminan 93 milliard AQSH dollari sarflangan. 54 yil oldin Amerika Apollo missiyasi bilan Oy yuziga birinchi insonlarni olib chiqib, tarixga kirgan edi. Ko‘pchilikda jami olti bor parvoz amalga oshirilgach, Oy kosmosda bajariladigan vazifalar ro‘yxatidan butunlay chiqarilgan deb hisoblanayotgan edi. Xo‘sh, AQSH nima uchun Oyga qaytishga shu qadar ko‘p vaqt, kuch va pul sarflamoqda?
Qimmatli resurslar
Oy yuzasi quruq, changli va juda cho‘kma ko‘rinishi mumkin, lekin vaziyat aslo ko‘ringanidek emas. Tabiat tarixi muzeyining sayyoralar bo‘yicha olimi, professor Sara Russel Oydagi elementlar Yerda mavjud bo‘lgan elementlar bilan bir xil ekanini aytgan.
“Masalan, Yerda juda kam uchraydigan noyob yer elementlari bor va Oyda ularning zich joylashgan ba’zi hududlari bor”, deydi professor.
Shuningdek, temir va titan kabi metallar, supero‘tkazuvchilar, tibbiyotda ishlatiladigan moddalardan tortib, har xil sohalarda qo‘llaniladigan geliy ham mavjud. Lekin bu resurslardan ham ko‘proq jozibali resurs hayratlanarli darajada suvdir.
“Ba’zi minerallarda suv mustahkam saqlanib qolgan va Oyning qutb hududlarida ham yetarli miqdorda suv mavjud”, deydi u.
Qolaversa, professor Russel Oyda doimiy soyada qoladigan kraterlar mavjudligini va u yerda muz to‘planishi mumkinligini ham ta’kidlagan. Oyda yashamoqchi bo‘lgan inson uchun suv ehtiyoji hayotiy ahamiyatga ega. Suv nafaqat ichimlik muammosini hal qiladi, balki astronavtlarning nafas olish uchun gidrogen va kislorodga ajratilishi mumkin. Hatto, kosmik kemalar uchun yoqilg‘i ham ishlab chiqarilishi mumkin.
Kosmosda hukmronlik musobaqasi
Amerikaning 1960-1970 yillardagi Apollo missiyalari Sovet Ittifoqi bilan kosmosda ustunlik o‘rnatish musobaqasidagi qadamlar edi. Bu safargi raqib esa – Xitoy. Xitoy kosmos dasturida tezkor rivojlanishlarni amalga oshirmoqda. Ular Oyga robotlar va transport vositalarini tushirishga muvaffaq bo‘lgan. 2030 yilgacha Oyga inson safarini ham amalga oshirishni maqsad qilmoqda. Oygacha mamlakat bayrog‘ini o‘rnatish muhim ahamiyatga ega, lekin bayroqni qayerga qo‘yish haqiqatan ham muhim. AQSH va Xitoy ikkalasi ham eng boy resurslarga ega hududlarga kirishni xohlaydi. Bu esa eng yaxshi hududlarni egallash demakdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1967 yildagi Kosmos shartnomasi hech bir mamlakat Oyga egalik qila olmasligini belgilab bergan. Lekin Oyda mavjud resurslar masalasida vaziyat bu qadar sodda emas.
“Kosmos shartnomasi tufayli bir hududga egalik qila olmasangiz ham hech kim aralasha olmaydigan joylarda faoliyat olib borishingiz mumkin. Hozirgi eng muhim narsa o‘z hududingizni egallashga harakat qilishdir. Sizga egalik huquqi berilmaydi, lekin hududdan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, agar o‘sha yerga yetib borsangiz, xohlaganingizcha qolishingiz mumkin bo‘ladi”, deydi birinchi britaniyalik astronavt, doktor Helen Sharman.
NASA ko‘zini Marsga ham tikkan va 2030 yilgacha qizil sayyoraga inson yuborishni maqsad qilgan. Yengib o‘tish kerak bo‘lgan texnologik to‘siqlarni hisobga olsak, bu juda bahsga boy reja hisoblanadi. Ammo qachondir bu maqsad uchun harakatni bir joydan boshlash kerak va AQSH bu joyning Oy ekanligiga qaror qilgan. Londondagi Ilmiy muzeyning kosmos bo‘limi rahbari Libbi Jakson Oyga borish, u yerda uzoq vaqt qolish, boshqa bir sayyorada qanday yashash, ishlashni o‘rganish uchun ancha xavfsiz, arzon va oson test maydoni bo‘la olishini aytgan. Oy bazasida NASA astronavtlar uchun zarur bo‘lgan havo va suvni ta’minlash texnologiyasini mukammallashtirishi mumkin. Shuningdek, odamlarni haddan tashqari harorat va xavfli kosmik nurlanishdan himoya qilish uchun energiya ishlab chiqarish va yashash joylarini qurish usullarini topishlari lozim bo‘ladi.
Jakson bularning barchasi Marsda birinchi marta sinalganda va muammo yuzaga kelganda fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar Oyda sinash esa ancha xavfsiz va ancha oson kechishini aytgan.
Ochlishni kutayotgan sirlar
Olimlar Oyga oid bo‘lgan manbalarga tezroq erishishni sabrsizlik bilan kutmoqda.
Apollo astronavtlarining olib kelgan toshlari, Oy haqidagi bilimlarni tubdan o‘zgartirgan. Professor Sara Russel Mars kattaligidagi bir jism Yerni urishi va ajralib chiqqan bo‘laklar Oyni hosil qilgani haqida aytilganini ma’lum qilgan. Biroq Russel, kashf etilishi kerak bo‘lgan ko‘p narsalar borligini ta’kidlaydi.
Oy bir vaqtlar Yerning bir qismi bo‘lganligi sababli, sayyoraning 4,5 milliard yillik tarixini saqlab qoladi. Tosh qatlamlari harakati, shamol va yomg‘ir kabi bu yozuvni yo‘q qiladigan omillar mavjud emasligi bois, Oy mukammal vaqt kapsulasi sifatida ham qaralishi mumkin. Shuningdek, Russel Oy Yerning ajoyib arxivi ekanini aytgan. U Oyning boshqa bir hududidan olib kelinadigan yangi toshlar to‘plami ajoyib kolleksiya bo‘lishini aytgan.
Live
Barchasi