Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Olmaotada uchrashadi

Olam

image

Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari tez orada Qozog‘istonning Olmaota shahrida uchrashadi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi.

“Davlat rahbari Qozog‘iston tomonining taklifiga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari yaqin orada Olmaota shahrida tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun uchrashuv o‘tkazishini aytdi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Aliyev Ozarbayjonning tinchlik kun tartibini davom ettirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishini ta’kidlab, Bakuning bu borada kuchli siyosiy irodaga ega ekanini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon “mintaqadagi hech qanday ajratuvchi chiziqlarsiz Janubiy Kavkaz mintaqaviy hamkorlik modelini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi”.

Aliyev Armaniston-Ozarbayjon chegarasini delimitatsiya qilish jarayonidan so‘ng, demarkatsiya ishlari boshlanganini ijobiy qadam deb baholadi.

O‘z navbatida, Blinken Qo‘shma Shtatlar Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish va tinchlik kun tartibini ilgari surish uchun qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini aytgan.

Entoni Blinken Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefonda suhbatlashdi. U Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Olmaota deklaratsiyasini Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarani delimitatsiya qilish jarayoni uchun asos deb hisoblashini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made