Ozodlik haykali qulab tushdi (video)
Olam
−
16 dekabr 49203 1 daqiqa
Kecha, 15 dekabr kuni Braziliyaning Guaiba shahrida kuchli to‘fon tufayli Ozodlik haykalining 35 metrlik nusxasi yiqildi. Haykal Havan savdo tarmog‘ining do‘koni oldiga o‘rnatilgan edi. Bu haqda G1 xabar berdi.
Nashr shahar meri Marselo Maranataga tayanib xabar berishicha, konstruksiyaning 24 metrli yuqori qismi qulagan, jabrlanganlar yoki qurbonlar yo‘q. Voqea joyi tezkor tarzda politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Yaqin soatlar ichida qurilish brigadasi shikastlangan konstruksiyani demontaj qilishni boshlaydi. Haykalnig qulashiga sabab ekstremal ob-havo sharoiti bo‘lib, hukumat shamol tezligi sekundiga 90 km/soatga yetishi haqida aholini ogohlantirgan edi.
Ma’lumot uchun, Braziliyadagi Ozodlik haykali aslida Nyu-Yorkdagi haykalning nusxasi bo‘lib, u dekorativ va tijorat maqsadida o‘rnatilgan. Asl haykal 1886 yilda Fransiyadan AQSHga hadya qilinib, Amerika mustaqilligining ramzi sifatida o‘rnatilgan. Braziliyadagi nusxasi Havan savdo tarmog‘i tomonidan savdo markazini bezash va e’tibor jalb qilish maqsadida yaratilib, ko‘pincha beton, metall yoki kompozit materiallardan yasalgan. Ushbu haykal asosi bilan 35 metr, o‘zi alohida esa 24 metr bo‘lib, Janubiy Braziliyada, Rio-Grandi-du-Sul shtati, Guaiba shahrida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroparlamentning fransiyalik deputati Rafael Glyuksmann AQSHning “avtoritar rejimlarni qo‘llab-quvvatlovchi” siyosatiga norozilik ramzi sifatida Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarishga chaqirgandi.
Live
Barchasi