Pahlaviy Eronda yangi hukumatni boshqarishga tayyorligini aytdi

Olam

image

Eronning sobiq valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy mamlakatda “o‘tish davri” rahbari bo‘lishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Erondagi hozirgi hokimiyat qulagan taqdirda, u mamlakatni o‘tish davrida boshqarishga tayyor. 

Hozirda Rizo Pahlaviy AQSHda yashaydi. Uning bildirishicha, u Eron ichida ham, xorijda ham bo‘lgan mutaxassislardan “o‘tish tizimi”da ishlaydigan shaxslarni tanlash ustida allaqachon ish boshlagan.

“Mamlakat ichida ham, tashqarisida ham bo‘lgan qobiliyatli insonlar aniqlandi va baholandi. Ular o‘tish tizimining turli bo‘limlarini boshqaradi. Mening rahbarligimdagi o‘tish tizimi Eronning hozirgi hokimiyati qulashi bilanoq davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olishga tayyor bo‘ladi va qisqa vaqt ichida mamlakatda tartib, xavfsizlik, erkinlik hamda Eronning ravnaqi uchun sharoit yaratadi”, deydi Pahlaviy. 

Pahlaviy – 1979 yilgi Erondagi mojarolar natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan so‘nggi shoh Muhammad Rizo Pahlaviyning o‘g‘li hisoblanadi. Shundan keyin Eronda Islom respublikasi tizimi o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi boshlanganidan beri Yaqin Sharqda kamida 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Rizo Pahlaviy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing