PAOK muxlislari avtobusi avariyaga uchradi: 7 kishi halok bo‘ldi (video)

Sport

image

Ruminiyada Fransiyaga yo‘l olgan Gretsiyaning PAOK  futbol klubi muxlislarini olib ketayotgan mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TVR  nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida yuk mashinasi, yoqilg‘i tashuvchi tanker, yengil avtomobil va muxlislarni olib ketayotgan mikroavtobus ishtirok etgan. Voqea mikroavtobus haydovchisi boshqa transport vositasini quvib o‘tib, o‘z yo‘lagiga qaytishga urinayotgan paytda sodir bo‘lgan. Shu jarayonda u yoqilg‘i tankeriga urilib, keyin qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan.

Tez tibbiy yordam xizmati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni yetti nafarga yetgan. Hodisa joyida mikroavtobus haydovchisi va besh nafar yo‘lovchining jasadi aniqlangan. Yana bir yo‘lovchi esa kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Shuningdek, mikroavtobusda bo‘lgan yana uch kishi jarohat olgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlarning umumiy soni hozircha aniqlashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Gretsiyaning PAOK jamoasi bugun, 29 yanvar kuni Yevropa Ligasi doirasida Fransiyaning “Lion” klubiga qarshi safar uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l-transport hodisasi muxlislar PAOK

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing